2024 yil 18 noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi tinglovchilari o’rtasida markazning yetti yilligi va O‘zbekiston bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan Zakovat intellektual bellashuvi tashkil etildi. Bellashuv qiziqarli va bahs — munozaralarga boy tarzda o’tdi. Tadbir yakunida g’olib jamoa va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.