2024 yil 14 noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining 7 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda DTPI rektori O.A.Ruziyev, Hurayda jurnali bosh muharriri N. Q. Ergashev, Termiz tumani hokimi Sh. X. Nazarov markaz jamoasi va tinglovchilari ishtirok etishdi.Tadbirda markaz direktori I. Mamarajabov so’zga chiqib, 7 yil davomida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida so’zlab, barchani ushbu bayram bilan tabrikladi. Tadbirda so’ngida markazda samarali faoliyat olib borayotgan jonkuyar xodimlar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.