Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbiri Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, oliy, professional ta’lim va umumta’lim maktablari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar, shuningdek, harbiylar ishtirok etishdi. Jumladan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi professor — o’qituvchilari va markaz tinglovchilari faol ishtirok etishdi.
🇺🇸🇺🇿 Amerikada (asosan Afg‘onistonlik) o’zbeklar tomonidan o’zbek tili bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirdan lavha. Ushbu tadbirda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida tahsil olgan Salim Foruqiy ham ishtirok etmoqda.
Ibrat Academy