2024 yil  20  sentabr  kuni Markazga BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasining  rahbari  Akiko Fujii, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijioni, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Saparov, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamda  BMTning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 25 ta tashkiloti vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga  tashrif buyurdi.Mehmonlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy-texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs tinglovchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdilar.Tashrif davomida mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTTDning qo‘shma loyihasi doirasida 3 oylik “Startap” kurslarda tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. 

Leave a Comment