Yurtimizda 9-14-sentabr kunlari “Xon atlas haftaligi” o‘tkazilmoqda. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, estetik madaniyati, shuningdek, milliy liboslarimizni targ‘ib qilish, kelajak avlodga yetkazish maqsadida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 2024- yil  11- sentyabr kuni Termiz tumani mahallalaridagi xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda  «Xon atlas — milliyligimiz ramzi» mavzusidagi tadbir o’tkazildi.

Milliy liboslarimizni mahallalar, jamoat tashkilotlari, ta’lim va boshqa muassasalarida targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida atlas va adras liboslari kiyishni ommalashtirish maqsadida haftalik doirasidagi tadbirlar tashkil etib boriladi.

Ma’lumot uchun, o‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Leave a Comment