2024 yil 30 iyul kuni “O’zbekiston Respublikasi “Yashil Makon”umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha  innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi bosh  menejeri A. Abdullaev, BMTTD dasturlarini tahlil etish boyicha mutaxassis G. Xudoybergenova,  Ormon xo’jaligi agentligi bosh mutaxassisi X. Tolipov, DTPI rektori O. Ruziyev markazga tashrif buyurdi. Loyiha menejeri A. Abdullayev  markaz rahbariyati  va  jamoa vakillariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, tashrifdan koʻzlangan maqsad, afg‘onistonliklar vao‘zbekistonliklarlarni o’rmonlashtirish jarayoniga jalb etish va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yaxshilashdan iborat ekanligini aytib o`tdi. 

DTPI rektori  O.Ro‘ziyev  mehmonlarga   hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning sa‘y harakatlari bilan nafaqat Afg‘oniston fuqarolariga, balki Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan aholiga ham  yordam ko’rsatilayotganligini alohida ta’kidladi

Leave a Comment