2025-yil 22-avgust kuni Afg‘oniston  fuqarolarini  o‘qitish  ta‘lim  markazi tinglovchilari AL Hakim At-Termiziy, Sulton Saodat yodgorlik majmualarini ziyorat qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PF-5326-son)
Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida tinglovchilar uchun sayohat tashkil etildi.

Afg‘onistonlik tinglovchilar ziyorat davomida dinimiz, tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz mushtarakligiga yana bir bor amin bo‘lib, ushbu ziyoratdan juda ijobiy ta‘surot hamda ma‘naviy ozuqa olganliklarini ta‘kidlab o‘tdilar.