O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (ВМТTD) hamkorligida «Afg’oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo’yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim
markazida 2024–2025-o‘quv yilida 165 nafar afg‘on fuqarosi 6 oylik qisqa muddatli kurslarga jalb qilinib, tinglovchilar yo’nalishlar bo’yicha kursni  muvaffaqiyatli yakunlashdi. Endilikda loyiha davomida ular orasidan 50 nafar tinglovchi saralab olindi va 2025- yil 2- iyun kunidan biznes g’oyani rivojlantirish, amalga oshirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan 3 oylik «startap» (biznesni boshqarish va rivojlantirish) kurslariga start berildi.