2024- yil 11- sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori birinchi o’rinbosari Akromjon Ne’matov, Konrad Adenaur fondi Mintaqaviy vakolatli vakili Andre Algermissen hamda Germaniya, O’zbekiston, Qozoqiston, Qirg‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining  Strategik tadqiqot institutlari vakillaridan iborat delegatsiya Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markziga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy-texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs tinglovchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdilar.

Mehmonlar tashrif davomida Yevropa Ittifoqi va BMTTDning qo‘shma loyihasi doirasida 3 oylik kurslarda tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar.

       Mehmonlar tomonidan berilgan savollarga tinglovchilar ijobiy fikrlar bildirdilar

Leave a Comment