2024 yil 26 iyun kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida»gi Farmoni ijrosini Surxondaryo viloyati Termiz tumani misolida tashkil etish yuzasidan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tuman Adliya bo’limining sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Sayyor qabulda Termiz tuman Jinoyat ishlari bo’yicha sud raisi SH.Hasanov, Tuman prokurori A.Xalikov, Adliya bo’limi boshlig’i B. Ashurov va boshqalar tashrif buyurishdi. Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor xizmatlari korsatildi.Termiz tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroga jinoyat ishi bo’yicha belgilangan jazo muddati ko’rib chiqilib, muddatidan oldin tugatildi.Markaz ishchi xodimlari va fuqarolar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.