2024 yil 25 may kuni Termiz shahridagi 19 — maktabda tashkil etilgan So’ngi qo’ng’iroq bayramida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi direktori Oybek Abdimuminovich Ruziyev so’zga chiqib, maktab bitiruvchilariga oq yo’l tiladi.»Hech shubhasiz, hayotda yuksak natijalarga erishish uchun tinimsiz harakat, shijoat va jasorat talab etiladi. Sizlarning chuqur bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganish orqali Vatanimizga munosib farzandlar bo‘lib yetishishingiz va uning taqdiri uchun mas’uliyatni zimmangizga olishingizga ishonaman.»-deya yurtboshimiz sizlarga katta ishonch bildirdilar deb ta’kidlab o’tdi.Markaz rahbari yoshlarga ta’limni davom ettirib, yana ham chuqurroq bilim olib, Yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shish uchun yuksak natijalarga erishish kerakligini aytib o’tdi.
Ibrat Academy