Yoshlarni kasb — hunarga tayyorlash ning dolzarb muammolari
19
Май
2024
2024yil 17 may kuni Termiz Davlat universitetida «Yoshlarni kasb — hunarga tayyorlash ning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy — amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Yoshlarni kasb- hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari yechimi bo’yicha tadqiqot olib borayotgan mamlakatimiz, MDH mamlakatlari taniqli olimlari ishtirok etishdi. Shu jumladan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida markaz direktori O. Ruziyev va markazning o’quv — uslubiy bo’lim boshlig’i Orzumurod Abdullayevlar o’z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.