Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan 45 nafar hunarmandlar ayni paytda Termiz shahrida, Madina Kasimbayeva @suzani_kasimbaeva, Marhamat Umarova @ichoosemaru, Rasuljon Mirzaaxmedov va Alisher Ahmadaliyev kabi bir qator taniqli murabbiylar tomonidan anʼanaviy kashtachilik, etnodizayn va jiyak toʻqish boʻyicha oʻz mahoratini oshirmoqda.

Anʼanaviy hunarmandchilik, etnodizayn va tadbirkorlik boʻyicha 10 kunlik trening 2024 yil 21 mayga qadar davom etadi. Ushbu trening YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyodagi Ipak yoʻli merosi yoʻlaklari Yevropa madaniy meros yilining xalqaro koʻlami” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Ushbu loyihada Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi xodimlari va tinglovchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Leave a Comment