Joriy yilning 8 may kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi tinglovchilari AL Hakim At-Termiziy ziyoratgohida bo’lishdi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy (750 — 760 — yillarda, Termiz, — 869) Sharqiy sufizmning mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq asarlar muallifidir. At-Termiziy chuqur ilm va keng dunyoqarashga ega boʻlgani uchun «Al-Hakim»(dono) degan taxallusni olgan. Markaz tinglovchilari ziyratgoh ilmiy xodimlari bilan suhbatda bo’lib fiqhshunos olim haqida keng ma’lumotlar olishdi.
Ibrat Academy