Sana munosabati bilan tumanda bir qancha tadbirlar tashkil etildi, ayollar uchun bayramona ko‘rik-tanlovlar, konsertlar, sport musobaqalari o‘tkazildi. Va tadbirlar bugun ham davom etmoqda.
Bugun ham Termiz tumani Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ayollarni sharaflovchi yana bir tadbir o‘tkazildi.Ko‘p yillardan buyon qishloq joylarda ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan ayollar bilan uchrashuvlr tashkil etildi. Bayramona tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘yin-kulgular bilan o‘zgacha kayfiyatda o‘tdi.
Tadbirda uzoq yillik faoliyati bilan o‘rnak bo‘lib, jamiyatda o‘zining faolligini ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarga bayramona sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Ibrat Academy