“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining uchinchi kuni qiziqarli taassurotlar bilan boshlandi
3
Май
2024
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining uchinchi kuni qiziqarli taassurotlar bilan boshlandi. Bir tomonda havo sharlari uchirish tadbirlari, velo marafon musobaqalari o’tkazilayotgan bo’lsa, yana bir tomonda esa milliy taomlar ko’rgazmasi turli qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz namoyish etilmoqda.
Bularning barchasi xorijlik sayyohlarning «Ochiq osmon ostidagi muzey» hisoblangan Boysun tumaniga bo’lgan qiziqishlarining oshishiga sabab bo’lmoqda. Bugun kun davomida xorijlik folklor jamoalarning chiqshlari, milliy hunarmanchilik koʻrgazmalari, gala konsert va bir qator tadbirlar oʻtkaziladi. Ushbu tadbirlarda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va rahbariyati ham faol ishtirok etishmoqda.