Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan turizm kompleksiga tashrif buyurdi.Viloyat rahbari mehmonlar hamrohligida Termiz shahri va tumanlar hamda oliy ta’lim muassasalari qo‘rg‘onlari, milliy taomlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan tanishdi.

 Shu jumladan,Termiz tumani qo’rg’oniga tashrif buyurib, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari  bilan uchrashdi.