2024 yil 1 may kuni Termiz davlat universitetida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga bag‘ishlangan “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori ochib bergan anjuman ishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva hamda Fransiya, Chexiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlardan olimlar va Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilm-fan vakillari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi. Ushbu anjumanda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari ham faol ishtirok etdi.