Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida o‘tkazilayotgan “Navro‘z” saylining rasmiy ochilish marosimi Hakim At-Termiziy shoh ko‘chasida karnay-surnay sadolari ostida bo‘lib o‘tdi. Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida keng tantana qilinayotgan viloyatning asosiy Navro‘z bayrami tadbirlari «Surxondaryo» teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Ushbu tadbirda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari faol ishtirok etishmoqda.