Xo‘jamurodov Nodirbek Sultonmurodovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i 1993-yilda tug‘ilgan. 2018-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy.

Tel: +99897-697-00-33

Bo’lim vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan Markazning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.

Donor mamlakatlar va xalqaro moliya Markazlarining texnik yordam dasturlari doirasida Markazda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib boorish va har chorak da O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hisobot kiritish.

Markaz professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.

Markazning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish.

Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga Markaz professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tavsiya etish.

E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va Markaz kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish.

Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Markazda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, Markaz vebsaytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.