Shametova Gulnora Rashidovna
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Axborot resurs markazi mudiri
Qabul vaqti: 09:00-16:00
Telefon: + (+99897) 785-17-00
Telegram: https://t.me/markaz2021
Axborot-resurs markazi faoliyati haqida
Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda markaziy АRMlar bilan bogʼlanib, doimiy ravishda АRM kutubxona fondini oshirib borish;
- Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
- АRM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa АRMlar bilan aloqani olib borish;
- Аxborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
- Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
- Kutubxona (Аxborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
- Kutubxona (Аxborot-resurs markazi)ni zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompьyuterlashtirishni taʼminlash;
- Kutubxona (Аxborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan taʼminlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan toʼgʼri foydalanish, topshirilgan ish uchun masʼuliyatini oshirish choralarini koʼrish;
- Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
- Ishlov berish va butlash boʼlimining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob doʼkonlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shugʼullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini toʼliq butlash pochta orqali kitob joʼnatadigan doʼkonlar bilan aloqani yoʼlga qoʼyish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yoʼqolganlari oʼrniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish.
Markazning asosiy maqsadi
- Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
• Foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy, axloqiy, madaniy va ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar yaratish;
• Milliy madaniyatni tiklash va yanada rivojlantirishga, O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylashga ko’maklashish;
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta’minlash.
Ibrat Academy