Raxmatova Shaxista Bekmuratovna
Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi devonxona mudiri
Qabul vaqti: 09:00-16:00
Telefon: (+99894) 694-91-11
E-mail: shaxistaraxmatova@gmail.com
Markazga kelgan hukumat qarorlari, vazirlik hay’at qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i (shuningdek, elektron pochta ya’ni portaldan olingan), topshiriqlarni hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan elektron tizim orqali yuborilgan hujjatlarni hisobga olish, ijro muddati belgilangan hujjatlarni ijrosi ta’minlangunga qadar nazorat etish, “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda, oylik, yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotnomalar tayyorlaydi hamda rahbariyatga ma’lumot berib boradi;
Markaz direktoridan chiquvchi umumiy buyruq, xatlar va boshqa rasmiy hujjatlarni elektron hujjat almashish tizimi orqali tegishli, bo‘limlarga o‘z vaqtida yetkazish maqsadida ular bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi va yuborilishini ta’minlaydi;
Markazning “U” umumiy buyruqlari hamda yuqori va turli tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni ijrosini bo‘lim, shuningdek bo’limlar tomonidan bajarilishini “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib boradi hamda olib borilgan ishlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotni direktor huzuridagi yig‘ilishga taqdim etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda OO‘MTV jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga taqdim etib boradi;
Kalendar yili yakunida Markaz rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan olib borilgan ishlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotni direktor huzuridagi yig‘ilishga taqdim etadi.
Ibrat Academy