Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlar bo‘limi inspektori

Raxmatova Shaxista Bekmurodovna

Ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlar bo‘limi inspektori. 1990-yilda tug‘ilgan. 2021 yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni  sohibi. 2022 yildan Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti  talabasi.

Telefon: +998946949111

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi devonxona mudiri

Bobomurodova Dilfuza Xolboyevna

Ma’lumot: 2024-yil 26-martdan:O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi devonxona mudiri. 1988-yilda tug‘ilgan.Termiz davlat universiteti talabasi (sirtqi).

Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot:

Kadrlar bo‘limi — Markazning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Nizomlariga va amaldagi qonunchilikka muvofiq bo‘limlardagi xodimlarning vakolatlarini belgilaydi va majburiyatlarini taqsimlaydi, Markaz faoliyati va uning bevosita boshqaruvini tashkil etadi, bo‘limlar faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtiradi va rejalashtiradi.

Bo‘limlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini tashkil qiladi hamda boshqarma vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi.

Professor-o‘qituvchilar hamda ma’muriy-xo‘jalik va o‘quv yordamchi xodimlar bilan Markaz direktori o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari, mehnat munosabatlariga oid buyruq loyihalarini tayyorlaydi.

Rejalar, nizomlar, instruktiv, normativ va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi.

Markaz professor-o‘qituvchilari, ma’muriy-xo‘jalik va o‘quv yordamchi xodimlari tarkibini shakllantirish, ularni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish va boshqalar yuzasidan filial rahbariyatiga takliflar taqdim etadi.

Rahbar xodimlar zaxirasini shakllantiradi va tayyorlaydi, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Markaz rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va xodimlarining Davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko‘maklashadi, xodimlar zahirasini shakllantiradi va undan foydalanish borasida takliflar beradi.

Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlarining hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda Pensiya yoshiga yetgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning pensiyaga oid hujjatlarini rasmiylashtiradi.

Markaz kafedralaridagi bo‘sh (vakant) o‘rinlarga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish uchun matbuot orqali tanlov e’lon qiladi.

Bakalavriat talabalari safiga qabul qilingan shaxslarning hujjatlarini belgilangan tartibda qabul komissiyasidan qabul qilib oladi va Markaz arxiviga topshirilguniga qadar saqlaydi.

Bakalavriat va magistratura bosqichlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, Davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga davlat namunasidagi diplomlar va ularning ilovalarini rasmiylashtirib berishni tashkillashtiradi va tarqatadi.

Boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘qishi ko‘chirilgan yoki o‘qishdan chetlashtirilgan talabalarning hujjatlarini rasmiylashtiradi (akademik ma’lumotnomalar va h.k.) va ularga taqdim etadi hamda ularning hisobotini yuritadi.

Markaz professor-o‘qituvchilari va xodimlariga oid hamda bitiruvchi talabalariga berilgan diplomlar va sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash yuzasidan turli davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlardan kelgan so‘rovnomalarga javob xatlari tayyorlaydi va jo‘natadi.

Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar va sertifikatlar rasmiylashtirib berilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Markaz veb-saytining “Interaktiv xizmatlar” ruknidagi “Vakant lavozimlar” va “Diplom olganlik to‘g‘risida ma’lumot” qismlariga muntazam ravishda yangi ma’lumotlar kiritib boradi.

Surxondaryo viloyati boshqarmasiga qarashli Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining Mehnat.uz saytiga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritib boradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron ma’lumotlar bazasiga xodimlarning mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni kiritib boradi.