Abdullayev Arzimurod Omonovich
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘quv- uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Ma`lumoti oliy.1974 yilda t ug‘ilgan, 1996-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. 2021-yil “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” estalik nishoni bilan taqdirlangan.
Telefon:(+99891)581-11-97
Igamberdiyeva Dilorom Baxtiyorovna
2021-yil 9-dekabrdan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘quv uslubiy bo‘lim uslubchisi
Ma`lumoti oliy.1985 yilda t ug‘ilgan, 2008-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Telefon:(+99897)530-04-82
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Аfg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-son qaroriga binoan Аfg‘oniston tomoni buyurtmalariga muvofiq gumanitar, pedagogika va muhandis-texnik taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy, o‘rta maxsus, kasb hunar taʼlimi dasturlari asosida kadralar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda modulli tizim asosida maqsadli o‘quv jarayoni amalga oshiriladi.
Аfg‘oniston tomoni buyurtmalariga muvofiq gumanitar, pedagogika, muhandis-texnik va boshqa taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy, o‘rta maxsus, kasb hunar taʼlimi dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim dasturlari doirasida taʼlim olish uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan malaka talablari qo‘llaniladi. Taʼlim jarayonini tashkil etish markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ishchi o‘quv rejalari va fan dasturlari, shuningdek Markaz direktori tomonidan tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim markaz ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
Markaz ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, markaz tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
Markazda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
Markaz o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
Markaz ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish ;
Markaz o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va markaz ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
Talabalar davomatini tahlil etish;
Markaz professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash.
Ibrat Academy