2025-yil 27-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tashkiloti tomonidan ‘Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining biznes g’oyani rivojlantirish (“Startap” loyiha) bo’yicha tahsil olgan 50 nafar tinglovchilar Yangi biznes g’oyani rivojlantirish, amalga oshirish va boshqarish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan 3 oylik o’quv kursini tamomladi. Tadbirda BMTTD ijtimoiy va media ishlari bo’yicha loyiha menejer yordamchisi M.Qudratov hamda loyihada uslubiy hamkorlik qilgan Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyev va professor-o’qituvchilari ham faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbir munosabati bilan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi va loyihada ishtirok etgan tinglovchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu imkoniyatni bergan loyiha rahbarlariga va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasiga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.