2025-yil 18-avgust kuni “Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi”ga Termiz davlat pedagogika instituti Kimyo-biologiya kafedrasi mudiri Biologiya fanlari doktori N.B.Nurmatov, Fizika kafedrasi mudiri FFN B.B.Ismoilov, Fizika-matematika kafedrasi mudiri FFN, dotsent S.Sattorovlar tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Afg’on fuqarolarini mazkur institutning bakalavriat yo‘nalishlariga jalb etish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish va institut faoliyati bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Tashrif doirasida afg‘onistonlik tinglovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida institut faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda institutning moddiy-texnik bazasi haqida ma’lumot berildi. Tinglovchilar tomonidan ta’lim olish tartibi, qabul shartlari va istiqbolli imkoniyatlar yuzasidan berilgan savollarga mehmonlar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.