2025-yil 21-may kuni Termizdagi “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzuida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Forum ishtirokchilaridan iborat delegatsiya Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar uchun markaz haqida umumiy taqdimot tashkil etildi. Taqdimot jarayonida xorijiy mehmonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shundan so’ng, mehmonlar markazda afg‘on fuqarolarini o’qitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.O’rta Osiyoda yagona bo’lgan ushbu markaz mehmonlarda katta ta’surot uyg’otdi .
Ibrat Academy