15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida tumanimizning eng namunali va har jabhada faol oilalari jam bo‘lishdi.
Termiz tumanining 9 ta oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mamlakatimizdagi farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish va oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan oilalar uchun ta’sis etilgan «Ibratli oila» ko‘krak nishoni bu yil ham munosib oilalarga berildi.
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i Abdullayev Orzumurod Omonovich ham ushbu ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Rasulova va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, tumanda eng namunali oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini tantanali topshirishdi.
Shuningdek, ibratli oilalar tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ibrat Academy