2024-yil 13-yanvar kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatan- orim, Vatan- iymonim» mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Ma’lumot uchun, 1993 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilingan.
Tadbirda viloyat baynalmilalchi jangchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etishdi. Tadbirda markaz direktori I. Mamarajabov so’zga chiqib barchani ushbu bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida markaz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G. Shametova markaz ayollari nomidan barchani bayram bilan tabrikladi.
Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.