2024  yil 6 noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga Viloyat IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Termiz tuman bo’limi boshlig’i Odil  Vahobov va markaz tinglovchilari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda xorijiy fuqarolarning O’zbekistonga kirib chiqishlarida belgilangan artib-qoidalar, Fuqarolik berish, pasport, viza, fuqarolarni hisobga qo’yish kabi mavzular doirasida suhbatlashildi. Davra suhbatida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.