2024 yil 30 oktyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tuman Yong‘in qutqaruv qismi 1 smena boshlig’i G’ulom Sheraliyev boshchiligidagi bo’linma xodimlari va markaz tinglovchilari ishtirokida Qish — kuz mavsumiga tayyorgarlik va Yong’in xavfsizligining oldini olish borasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir doirasida zamonaviy yong’in o’chirish avtomobili, yong’in o’chirish vositalari ko’rgazmasi namoyish etildi. Suhbatda tinglovchilar o’zlarini  qiziqtirgan savollarga javob oldilar.