2024 yil 10 iyun kuni Yevropa va Markaziy Osiyo dasturining huquq masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilfuza Kurolova Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan BMTning Taraqqiyot Dasturining “Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish va kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalar bo`yicha fikr almashildi. Mehmon Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida tahsil olgan va olayotgan tinglovchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Ibrat Academy