2024 yil 5 iyun kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo’yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi bazasida kasb-hunarga yo’naltirilgan 2023-2024 oquv yilida 6 oylik qisqa muddatli kursida DAK xulosasiga ko’ra 91 nafar tinglovchilar atestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tdi va tantanali marosimda sertifikatlar tarqatildi, shundan 37 nafari xotin- qizlarni tashkil etadi. Loyiha doirasida 46 nafar tinglovchi (shulardan 7 nafari xotin-qizlar) o`qishini davom ettirmoqda.