2024 yil 3 iyun kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida “Surxondaryo viloyatining Afg’oniston fuqarolarini o’qitish bo’yicha salohiyatini oshirish” nomli 00129928 – sonli loyiha yuzasidan tashkil etilgan Payvandlovchilik yo’nalishi 5-23 guruhi tinglovchilariga yakiniy nazorat o’tkazildi. Tinglovchilar nazorat savollariga javob berish barobarida o’zlari o’rgangan amaliyot natijalarini namoyish etishdi. Tinglovchilarning o’z qo’llari bilan yasagan turli ish va uy-ro’zgor anjomlaridan iborat ko’rgazmalari barchada katta ta`surot uyg’otdi.
Ibrat Academy