2024 yil 16 aprel kuni Xalqaro Migratsiya tashkilotining Pokiston va Markaziy Osiyoda ko’chirgan afg‘onlar uchun migratsiya boshqaruvi va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish dasturi xodimi Tatyana Verigo, Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma va tashkilotning mas’ul vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida xorijiy tashkilot vakillari va markaz rahbariyati hamda tinglovchilar bilan muloqot bo’lib o‘tdi. Muloqot davomida tinglovchilar ta’lim markazida Xalqaro Migratsiya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Fitnes-klub” hamda ta’lim markazida tashkil etilayotgan stomatologiya kabineti uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar. Shuningdek, ular tomonidan kelgusida markaz bazasida bakalavr ta’lim yo’nalishlarida o’z tahsilini davom ettirishlari, o’z bizneslarini yo’lga qo’yish borasida ko’maklashishlari bo’yicha o‘z takliflarini berdilar.
Ibrat Academy