2024 yil 3 aprel kuni KFW Taraqqiyot banki vakili Vitalis Ritter, GIZning “Termiz shahrida tibbiy ta’limni modernizatsiya qilish va kadrlar tayyorlash” loyihasi menejeri Kord Fersmold, GIZning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yoahim Fritz, GIZning sog’liqni saqlash dasturi rahbari Korneliya Bekker va Termiz Tibbiyot akademiyasi Ilmiy kotibi M.Ergashovlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.Mehmonlar tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs tinglovchilariga yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdilar.