2024 yil 20 mart  kuni Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Xitoy savdo uyushmasi raisi Chang King Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va

BMT taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan «Qozog‘iston va 

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash orqali afg‘on ayollarining iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash» mintaqaviy loyihasi menejeri U. Kamoliddinovlar markazga tashrif buyurdi.

 Mehmonlar  markazda tahsil olayotgan kurs tinglovchilariga yaratilgan shart-sharoitlar  bilan  tanishishdilar.

Markaz ma’muriyati mehmonlarga tashrif uchun  minnatdorchilik bildirib, 2019 yil Xitoy ning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Afg’oniston qishloq xo’jaligi, irrigatsiya va chorvachilik  bo’yicha qisqa muddatli kurs tashkil etilganligini e’tirof  etdi. Markaz o’quv bazasida Xitoy tilini o’rgatish kurslarini tashkil etish taklifi berildi. Ch. King  minnatdorchilik bildirib, markaz ma’muriyati tomonidan bildirgan takliflar bo’yicha tez orada javob berishini aytdi.