Oʼzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi maʼmuriyati va iqtidorli oʼquvchilari va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk oʼzbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bagʼishlangan “ZULFIYA-O‘ZBEK AYOLINING YORQIN TIMSOLI” nomli adabiy-badiiy kecha boʼlib oʼtdi. Tadbirda markaz jamoasi tinglovchilarining chiqishlari va mehmonlarning kuy va qo»shiqlari barchaga manzur bo»ldi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, Zulfiya Isroilova jahon minbarlarini koʼrgan shoira, shu bilan birga, goʼzal tarjimon ham edi. U oʼzining boy adabiy merosi, faol ijodkor sifatidagi faoliyatida oʼzbek ayollarining salohiyati naqadar yuksak ekanini koʼrsatib berdi.
U latif ijodi bilan sharq ayollari qalbiga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq bera oldi. U qoldirgan boy merosda jahon sheʼriyatidan qilingan tarjimalar, xususan, Pushkin, Qaysin Quliev, Ukrainka, Gabriela Mistral kabi jahon sheʼriyatining nodir ijodkorlaridan qilingan tarjimalar oʼzbek adabiyoti xazinasidan munosib oʼrnin oldi. Bu bilan, nafaqat adabiyotga, balki oʼzbek xalqining turli millatlar oʼrtasidagi xalqaro doʼstlik rishtalari, adabiy aloqalarning mustahkamlanishiga-da ulkan hissa qoʼshdi.
Tadbirda Zulfiya Isroilovaning shu kabi xislatlari toʼgʼrisida ham soʼz yuritildi. Talaba va oʼquvchi yoshlar tomonidan Zulfiya Isroilovaning sheʼrlari, hayoti va ijodini aks etgan sahna koʼrinishlarini, kuy-qoʼshiqlarni ijro etdilar. Tadbir soʼngida mehmonlar faol ishtirok etgan talaba va hamkor mutasaddilarga markaz rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlari hamda talabalarimiz tomonidan nufuzli xalqaro nashriyotlarda chop etilgan ilmiy maqolalari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
Ibrat Academy