Asosiy mazmunga o'tish

Ta'lim

Vazir Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida bo‘ldi

2 daqiqa o'qish 199
photo_2023-07-22_17-27-02

Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari Ilhom Saparov hamrohligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Vazir muassasaning 750 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosi hamda 400 oʻrinli talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, oʻquv va laboratoriya xonalari, informatika va multimedia markazi, milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat toʻgaraklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

I.Abdurahmonov oʻquv binosida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik burchaklariga yuqori baho berib, ushbu tajribani barcha oliy taʼlim muassasalari uchun namuna sifatida joriy qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Shuningdek, vazir Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining birinchi kotibi Bismillo Mangal bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda B.Mangal afgʻonistonlik yoshlar uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Afgʻonistonning ehtiyojidan kelib chiqqan holda mamlakat yoshlarini ushbu markazga jalb qilish, markaz faoliyatini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ulashish: