XNUda afg‘onistonlik yoshlarga ta'lim berish masalalari muhokama qilindi
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi salohiyatli kadrlar tayyorlashda XNU bilan hamkorlik qilmoqda.
Termiz shahridagi mazkur markaz direktori Oybek Ro‘ziyev universitetimizga tashrif buyurdi. Uchrashuvda bakalavr bosqichini tamomlagan ilk qaldirg‘ochlarning XNU magistratura mutaxassisliklarida ta'lim olish istaklari inobatga olinib, ilm olishlariga sharoit yaratishga kelishildi.
