Asosiy mazmunga o'tish

Ta'lim

Vazir tashrifi

2 daqiqa o'qish 191
photo_2023-07-22_17-27-00-2

Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Vazir Ibrohim Abdurahmonovga Surxondaryo viloyati hokimining

yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha

o‘rinbosari I.Saparov xamrohlik qildi.

Mehmonlar dastlab 750 o‘rinli markaz oʻquv binosii, 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ARM, o‘quv va laboratoriya xonalari, informatika va multimedia markazi, milliy hunarmandchilik va amaliy san‘at to‘garaklari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, I.Abdurahmonov o‘quv binosida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik burchaklariga yuqori baxo berib, kelgusida ushbu tajribani barcha OTMlari uchun namuna sifatida joriy qilishga mas‘ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tashrif davomida I.Abdurahmonov mutasaddilarga yangi oʻquv yili boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududni yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek tashrif davomida I.Abdurahmonov Afg‘onistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining birinchi kotibi Bismillo Mangal bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Afg‘oniston davlatining ehtiyojidan kelib chiqqan holda, yangi o‘quv yilida afg‘onistonlik yoshlarni ushbu dunyoda muqobili yo‘q markazga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

O‘z o‘rnida konsul kotibi Bismillo Mangal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga afg‘onistonlik yoshlar uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida markaz faoliyatini yanada kengaytirish hamda markazni universitetga aylantirish masalasi muhokama qilindi.

Ulashish: