Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro hamkorlik

Tashrif

1 daqiqa o'qish 185
photo_2023-06-24_12-51-30-3

✅ Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Saparov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kichkilov hamda elchixona vakillari tashrif buyurdilar.

❇️ Mehmonlar dastlab, markazda yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni ko'zdan kechirishdi.

❇️ Shuningdek, mehmonlarimiz markaz Axborot resurs markazi o‘quv va laboratoriya xonalari hamda markazda tashkil etilgan Hindiston xonasi faoliyati bilan tanishib o‘tdilar. Markazda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar Hindiston elchisi Manish Prabhatda katta taassurot qoldirdi.

❇️ O‘z o‘rnida mehmonlar tomonidan keltirilgan 100 ga yaqin badiiy va ilmiy kitoblar markaz ARM uchun sovg‘a sifatida topshirildi.

Ulashish: