Skip to main content

Student life

Xorazmga sayohat

7 min read 203
photo_2023-05-19_15-40-49

Vatan - bu qalb asir bo‘lgan zamin.

O‘zbekistonning ikkinchi Vatanim deb, faxr bilan tilga olsam xato gapirmadim deb, o‘ylaymn, sababi men o‘z tariximni, o‘z bobokalonlarim qadam quygan muqaddas va jannatmakon yurt go‘zal O‘zbekistonning to‘rt yildan davomida sayohat qilib o‘rganib kelmoqdaman.

Bu zebo diyorni ko‘p viloyatlarida sayohat qilgan bo‘lsamda, Xorazmda borish va uni yaqindan ziyorat qilish mening eng katta orzuyimdan biri edi. Allohga men qatla shukurki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M. Mirziyoyevning tashabbusi
bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyat yordami bilan Afg‘onistonlik talaba yoshlar va markaz jamoasi sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu viloyat o‘z nomi bilan juda mashhur va qadimiy viloyatlardan biri hisoblanadi. Bu muqddas zaminda qadam quyarkansiz, Tumaris shijoati , Jaloliddin Manguberdi Vatanparvarligi qalbingizda aks etadi. Ayniqsa Xorazmning shahri bo‘lgan Xiva, o‘zining eskiligicha qolgan.

2500 dan ortiq
yil oldin paydo bo‘lgan yagona shahar, Xiva (O‘zbekiston), uning
tarixi va diqqatga sazovor joylari bilan topiladi.

Bugun Xiva - O‘zbekistonda turizm
markazi sifatida e'tirof, yoqimli va qiziqarli bayrami uchun barcha sharoitlar
mavjud.

O‘zbekiston, Xiva, ularning tarixi va madaniyati yodgorliklari uchun ma'lum. Sayyohlar shaharning barcha joylar ko‘rish uchun bir necha kun kerak bo‘ladi.

Kaltaminor Xivadagi me’moriy yodgorlik. Muhammad Aminxon madrasasining old tomonida joylashgan va ba’zan uning bir qismi deya e’tirof etiladi. Oʻzbekistondagi eng baland Oʻrta asr minoralari ichida 6-oʻrinda turadi. Kaltaminor Xiva xonligi xoni Muhammad Aminxon tomonidan musulmon olamidagi eng katta va eng baland minora sifatida yaratilgan.

Uning rejasiga ko‘ra, minoraning balandligi 70-80 metr bo‘lishi, balandligi oshgan sayin keskin pasayib boruvchi diametri minoraning mustahkamligini oshirishi kerak edi. Muhammad Aminxon hatto 73 metrlik Hindiston Qutb minordan ham oshib ketadigan dunyodagi eng baland minorani qurishga qaror qiladi. Uning poydevorining diametri 14,2 metrni tashkil qiladi.

Qurilish 1852 yilda boshlanib, 1855 yilda minora balandligi 29 metrga yetgach, qurilish birdan to‘xtatiladi. Xivalik tarixchi va yozuvchi Ogahiyning yozishicha, qurilish tashabbuskori Muhammad Aminxon 1855 yilda Seraxs yaqinidagi jangda halok bo‘lganligi sababli qurilish tugallanmagan.

Juma masjid va uning minorasi

Juma masjid, Xiva juma masjidi — Xiva (Xorazm)dagi meʼmoriy yodgorlik (10—18-asrlar). Ichan qalʼaning markaziy qismida Ota darvoza va Polvon darvozalarni birlashtiruvchi koʻchada joylashgan. Juma masjid haqidagi ilk maʼlumot 10-asrda Xorazmga kelgan arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozmalarida uchraydi. Manbalarga koʻra, J. m.ning dastlabki binosi buzilib ketgan va oʻrniga Abdurahmon Mehtar buyrugʻiga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan (1788). Masjid oʻziga xos tarhi va hajmi bilan ajralib turgan. Bir qavatli boʻlib, atrofi gʻishtin devor bilan oʻralgan.

Uning boshqa masjidlardan farqi qad. arab meʼmorligiga xos uslubda (yopiq, koʻp ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir. Unda ayvonlar bilan oʻralgan hovli ham, ulkan peshtoq ham, gumbazli xonalar ham yoʻq. Xonaqoh ichi shipdagi ikki tuynuk orqali yoritiladi. Tomi yassi, toʻsinli, shipini 212 ustun koʻtarib turadi.

Ark so‘zi - “Ichon-qal’a”, “podshohning shahar ichidagi qo‘rg‘oni”, “hukmdorning qarorgohi”, “qasr” ma’nolarini bildiradi. Xivadagi xonlar qarorgohining yangi binolari Toshhovli saroyi va Nurullaboyda ko‘rinishxonalar qurilishi qadimgi xonlar qasrini Ko‘hna ark nomi bilan atalishiga sabab bo‘lgan.

Xonning qarorgohi – Arkda davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar hal etilgan. Arkda xon va uning oilasidan tashqari xonlikning butun bosh mahkamasi joylashgan.

Ark oldidagi maydonda xonlikning har xil bayram tantanalari o‘tkazilgan. Xon chiqishi marosimi o‘tkazilgan, hukmdorning farmoni oliylari xalqqa o‘qib eshittirilgan. Arkning ichidagi alohida bir hovli ichida yozgi va qishgi masjid binolari, zarbxona joylashgan. Yozgi masjid devorlari Olloqulixon davrida chiroyli koshinlar bilan bezatilgan va she’riy ta’rixlar bitilgan.

Pahlavon Mahmud sharq adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Pahlavon Mahmudni shu davrda “Xorazm Xayyomi”, “Mazondaron yo‘lbarsi” deb ulug‘lashgan. U “Qitoli”,-jangchi taxallusi bilan g‘azallar bitgan, u “Kanz ul-haqoyiq”,- Haqiqatlar xazinasi 1303-04y” nomli asar yozgan, lekin asar hali topilmagan.

Uning teran mazmunli nafis va o‘ynaqi, zo‘r san’atkorona ruboiylari “Xayyomnoma” ruhda ekanligini qarang.

Dunyo bamisoli bir zarrin ko‘za,

Suvi goh shirinu, goh achchiq bo‘za.

E g‘ofil, umringga bino qo‘yma ko‘p,

Qazoi mualliq turar bosh uzra.

* * *

Dunyo binokori tuzar qasr- ayvon,

Tuzib bo‘ladi-yu, qiladi vayron.

Falakka etkazib bugun toqini,

Ertaga etadi er bilan yakson.

Bunday satrlarni o‘qigan kishi shoirning dunyoqarashining qudratini uning insonparvarlik tuyg‘ularini ham sezadi. Asli tasarruf tariqatini panteizm (vahdatul mavjud) oqimiga mansub Pahlavon Mahmud insonning aqliy va ijodiy imkoniyatlariga yuksak baho beradi.

Pahlavon Mahmud maqbarasi asosan XIV-asrda kichik go‘rxona shaklida qurilgan bo‘lib unda o‘z davrining katta “Piri” - Pahlavon Mahmud (1247-1326) jasadi ko‘milgan. Pahlavon Mahmud 1247 yilda Xiva shahrida po‘stindo‘z (kosib-hunarmand) oilasida tug‘ilgan. Yoshlik yillarda ota kasbi po‘stindo‘zlik bilan shug‘ullangan, so‘ngra xat-savod chiqarib, buyuk shoir faylasuf darajasiga erishgan. U juda ham zabardast pahlavon bo‘lib 79 yillik hayotida biron marta kuragi erga tegmagan.

Shunday buyuk va tabarruk qadanjolarni ziyorat qilarkanmiz, tariximizning qanday buyukligi, o‘z bobo ajdodlarimiz qandy kuchli qudratga egaligini, yana bir bora angalab yetdik. Men mana shunday joylarni sayl qilarkanman, har doimkidik, shu so‘zimni takrorlashga majbur bo‘laman. Ya’ni O‘zbekiston ham sayohat va ham ziyorat yurti deb sababi, sayohat davomida azim Buxoroning Bahouddin Naqshband tarixiy me'moriy majmuasini ziyorat qilib, bu tabarruk ziyoratgohning tarixi bilan yaqidan tanishdik.

Bunday shukuhli va muqaddas zamindar juda ko‘p sayyohlar kilishini guvohi bo‘ldim.

Bularni ko‘rgan sari o‘zimning mamlakatimdagi me’moriy va qadimiy tarixiy joylar jumaladan G‘ur minorasi, Hirot qal’a , Hazrat Amir Alisher Navoiy maqbarasi ko‘z oldimda kelardi. Men ham o‘z yurtim Afg‘onistonda mana shunday sayyohlarni ko‘payishini va ichki turizimni rivojlantirishni va shu bilan birga, mamlakatimiznig iqtisodini yuqori darada kutarish va xalq osoyishligini ta’minlanishini xohlardim. Xorazm, Buxoroyi sharifning tavof qilish menga juda katta kuch va umid uyg‘otib, chuqur tasir ko‘rsatdi. Mana shunday sayohatni tashkilashtirib birganligi uchun birinchidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M. Mirziyoyev janoblarida hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori Oybek Abdumo‘minovichlarda o‘zimning samimiy minatdorligimni bildiraman. Illohim O‘zbekiston davlatining tinchligida ko‘z tigmasin, xalqi doimo mana shunday faronligda yashasin. Bizning rahbarimiz kabi Vatanparvar va jonko‘yar insonlar yer yuzida ko‘paysin.

Shekibo Samadiy

Share: