Skip to main content

Student life

🎉 "Davraga kel, dugonajon" ko‘rik-tanlovi! 🎀 📍 Bugun Afg‘oniston fuqarolarini...

1 min read 249
photo_2025-08-01_10-33-14

🎉 "Davraga kel, dugonajon" ko‘rik-tanlovi! 🎀

📍 Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida
qizlarning jamiyatdagi o‘rni, muomala madaniyati, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, urf-odat hamda an’analarni ulug‘lash maqsadida navbatdagi ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbir Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

🌟 "Davraga kel, dugonajon" nomli bu ko‘rik-tanlovda davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan namunali qizlar ishtirok etib, o‘z iste’dodini namoyon etdilar.

💫 Bunday tadbirlar yosh avlodni yuksak qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi!

Share: