اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

نړیواله همکاري

Xalqaro hamkorlik

2 دقیقې لوستل 198
photo_2023-03-16_12-52-55 (2)

🔹2023 yil 16 mart kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiyat resurslari vazirligining vakillari tashrif buyurdi.
🔹Tashrif davomida markaz direktori O.Ro‘ziyevning Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo‘shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
🔹Shuningdek, kelgusi istiqboldagi reja va loyihalar bo‘yicha takliflar bildirildi.
🔹O‘z o‘rnida, mehmonlar markaz direktori va barcha jamoa vakillariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
🔹Shuningdek, O.Ro‘ziyev xorijiy mehmonlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning sa‘y harakatlari bilan nafaqat Afg‘oniston fuqarolariga balki Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan aholi qatlamiga ham beg‘araz yordam ko‘rsatilayotganligini alohida ta’kidladi.
🔹O‘z navbatida, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska hamda BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder ham hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg‘oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

شریکول: