اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

پروژې

"Surxondaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, jumladan, Afg‘oniston fuqarolarining o‘zini-o‘zi band qilish orqali mintaqada iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish" loyihasi doirasida Training of Trainers (ToT) dasturiga start berildi.

1 دقیقې لوستل 386
photo_2026-07-29_17-11-45

27-iyul Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida (ECTAC) loyiha doirasidagi Training of Trainers (ToT) dasturining ilk o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar O‘zbekiston–Yaponiya Markazi (UJC) mutaxassislari tomonidan olib borildi. Trening davomida ishtirokchilarga zamonaviy tadbirkorlik, biznesni boshqarish hamda trening metodologiyasiga oid bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Mazkur ToT dasturi loyiha doirasida trenerlar salohiyatini oshirish, ularni keyinchalik tadbirkorlik va biznes boshqaruvi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini samarali tashkil etishga tayyorlashga xizmat qiladi.

Loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va Afg‘oniston fuqarolarining kasbiy ko‘nikmalari hamda tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish orqali ularning bandligi va iqtisodiy faolligini oshirishdan iborat.

شریکول: