Surxondaryo viloyati aholisi va Afg‘oniston fuqarolari uchun kasb egallash, yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish hamda o‘z mehnat faoliyatingizni boshlash yo‘lidagi ajoyib imkoniyat!
Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA), BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 2 oylik bepul kasbiy tayyorgarlik kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi.
Loyiha nomi
"Surxondaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, jumladan Afg‘oniston fuqarolarining o‘zini o‘zi band qilish orqali mintaqada iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish"
O‘quv yo‘nalishlari
-Tikuvchilik
-Elektrogazpayvandlash
- Avtomobillarni ta'mirlash
-Kompyuter savodxonligi, AT va WEB-sayt yaratish
O‘qish muddati
• Davomiyligi — 2 oy
• Dars kunlari — Dushanbadan Jumagacha
Ishtirokchilar uchun
O‘qish mutlaqo bepul
Har oy 100 AQSh dollari miqdorida stipendiya
Uzoq hududlardan kelgan tinglovchilar uchun bepul yotoqxona
Kimlar qatnashishi mumkin?
Surxondaryo viloyatida yashovchi Afg‘oniston fuqarolari
Ijtimoiy himoyaga muhtoj O‘zbekiston fuqarolari
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
• 18–35 yosh
• Kasb o‘rganishga qiziqish va muntazam darslarda ishtirok etish
Onlayn ariza topshirish
https://forms.gle/UWpveJCThb9scKKHA
O‘quv manzili
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
Termiz tumani, Sharof Rashidov mahallasi, Sayhun ko‘chasi, 104-uy.
Hujjatlar qabuli
2026-yil 21-iyuldan 31-iyulgacha
Qabul uchun joylar soni cheklangan. Arizalarni belgilangan muddatda topshirishingizni so‘raymiz.
Batafsil ma'lumot:
+998 76 229 01 92