Asosiy mazmunga o'tish

Ta'lim

Xalqaro hamkorlik

3 daqiqa o'qish 202
photo_2023-10-11_23-53-27

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Anas Qarman Fayyad, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar hamda Surxondaryoda yashovchi Afg’on fuqarolari bilan suhbatlashdilar. Tinglovchilar ushbu qisqa muddatli kurslarda oqiyganliklaridan juda baxtiyor va mamnun ekanliklarini bayon etib, ushbu kurslarni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, viloyat hokimligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlantirish Dasturi (BMTRD) va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar va masullariga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib otdilar. Shu bilan birga tinglovchilar tomonidan mehmonlarga markazda bakalavr yo’nalishlarida ham yangi loyihalar tashkil etish taklifini bildirib o‘tdilar .

Shundan so‘ng, mehmonlar Markaz ma’muriyati bilan birgalikda rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida markaz direktori O.Ro‘ziyev markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, loyiha doirasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bazasida Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) 2022-2023 o‘quv yilida 185 nafar O‘zbekistonda yashaydigan “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida 1 yillik va 3 oylik qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘quv kurslarini tamomlab ularga diplom va sertifikat topshirilganligini takidlab o’tdi. Shuningdek ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi, ya’ni, 2023-2024, 2024-2025 o‘quv yillarida 6 oylik qisqa muddatli kurslarga o’qish uchun qabul jarayoni davom etayotganligini takidlab o’tdi.

Mehmonlar afg‘onistonlik talaba-yoshlarga markazda yaratilgan sharoitlardan unumli foidalangan holda yaxshi o’qib kelgusida Afg’onistonning istiqboli uchun yetuk mutaxassislar bo’lib xizmat qilishlariga ishonch bildirishlari haqida oz ijobiy fikirlarni bildirib o’tdilar.

Ulashish: