✅Bugun, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga AQShning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari Devid Kiriskiy va Sh.Saidkarimovalar tashrif buyurdi.
🔹Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, afgʼonistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida mehmonlar iqtidorli talabalarimiz tomonidan AQShning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
🔹Shuningdek, markaz direktori O.Ro‘ziyev bilan o‘tkazilgan muzokaralarda markazimiz taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hozirgi holat va istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
