Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro aloqalar

1 daqiqa o'qish 214
photo_2025-04-18_08-46-44

2025-yil 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo’yicha delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Mehmonlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy-texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs tinglovchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdilar. Tashrif davomida mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTTDning qo‘shma loyihasi doirasida 6 oylik kurslarda tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. Suhbat jarayonida, Markaz tinglovchilari tomonidan xorijiy mehmonlarga o‘qishni bakalavr, magistratura bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar.

Ulashish: